Maʼlumki, Asal Shodiyeva 1992-yil 6-aprel kuni tug‘ilgan. O‘zbek kino aktrisasi va xonandasi. U 2000-yillar oxiri, 2010-yillar boshida o‘zbek kinokomediyalarida o‘ynagan rollari bilan shuhrat qozondi. U bir nechta qo‘shiq ham kuylagan. Turmush o‘rtog‘i – o‘zbekistonlik xonanda Shohruhxon.
2013-yil aktrisa badiiy filmlarda suratga tushishni to‘xtatganini maʼlum qildi. Ammo undan keyingi yillarda bir necha bor filmlarda rol ijro etdi.
Aktrisa Asal Shodiyevaning bobosi Mirzakalon Shodiyev 13 yildan buyon konsert dasturlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
— Asli kasbim iqtisodchi, rejissyor bo‘lishimga esa nabiram Asal sababchi bo‘lgan. Bugungi kunda ko‘plab katta konsert tomoshabinlariga rejissyorlik qilaman. Shu bilan birga, poytaxtdagi “Chustiy” MFYning raisi hisoblanaman, — deydi Mirzakalon Shodiyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Gulnora Karimovaning qizi ilk bor sevgan yigitining suratini ko‘rsatgani hamda Yulduz Usmonova sudda yutqazgani va 185 million so‘m jarima to‘lagani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.


