1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekistonning qator viloyatlarida tezkor tadbirlar o‘tkazmoqda.

O‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi

 

DXX joylarda o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollarni qo‘lga oldi. Xususan, Gulistonda o‘g‘lini 40 ming dollarga, Termizda qizini 25 mln so‘mga, Namanganda o‘g‘lini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar to‘xtatib qolindi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekistonning qator viloyatlarida tezkor tadbirlar o‘tkazib, farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollarni ushladi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida tezkor tadbiro‘tkazilgan. Unda 33 yoshli ayol Buxoro viloyatida tug‘ilgan, Guliston shahrida vaqtincha yashovchi ayol 30 yanvar kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Termiz tumanida yashovchi, 31 yoshli ayol 25 yanvar kuni tug‘ilgan qiz farzandini o‘zining jinoiy sherigi bilan til biriktirib, Termiz shahrida 25 million so‘mga sotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq shahrida yashovchi, 27 yoshli ayol o‘zining 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini Toshkent shahrida 3 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Shuningdek, Namangan shahrida yashovchi, 29 yoshli ayol o‘zining 2014 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 18 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, talab qilingan puldan 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика