1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ozarbayjon prezidenti Putin tashkillashtirgan sammitda qatnashmadi

Ilhom Aliyev 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ham qatnashmagan edi.

Ozarbayjon prezidenti Putin tashkillashtirgan sammitda qatnashmadi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ish jadvali bandligi sababli Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlat rahbarlarining norasmiy sammitida qatnashmadi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti ma’muriyati ma’lum qildi.

 

Rasmiy izohga ko‘ra, davlat rahbarining band ish jadvali Rossiyaga tashrif buyurish imkonini bermagan. Ma’muriyat vakillari Ozarbayjon MDH doirasidagi hamkorlikka jiddiy yondashishini, tashkilotning rasmiy sammitlarida muntazam ishtirok etishini hamda a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishni ustuvor vazifa deb bilishini ta’kidladi.

 

Kreml Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadigan norasmiy MDH sammitida qatnashmaslik qarorini tushunadi, dedi Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

 

Peskovning so'zlariga ko'ra, barcha davlat rahbarlarining jadvali juda band, ayniqsa dekabr oyida, Yangi yil oldidan, shuning uchun Kreml Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadigan norasmiy MDH sammitida qatnashmaslik qarorini tushunadi,  deb xabar beradi RIA Novosti .

 

Shuningdek, prezident ma’muriyati Ilhom Aliyevning 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ham qatnashmaganini izohlab, Ozarbayjon Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi emasligini qayd etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Vladimir Putin va Ilhom Aliyev Dushanbeda MDH tadbirlari doirasida uchrashuv o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng Kreml Moskva va Boku o‘rtasidagi ayrim masalalar yuzasidan yechimlar kutilayotganini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика