1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ozarbayjon va Armaniston vakillari uchrashadi

Uchrashuv tashkil etilishida YI tashabbus ko‘rsatgan.

Ozarbayjon va Armaniston vakillari uchrashadi

 

May oyi boshida Boku va Yerevan vakillari Bryusselda uchrashadi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev maʼlum qildi.

 

"May boshlarida Bryusselda Ozarbayjon va Armaniston vakillari uchrashuvini tashkillashtirish rejalari bor", — degan u Bokudagi xalqaro konferensiyadagi chiqishida.

 

Shuningdek, Aliyev Yevropa Ittifoqini Ozarbayjon uchun muhim hamkor deb atagan.

 

"Biz Yevroittifoqni halol o‘yinchi sifatida bilamiz va uning harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Agar YEXHT Minsk guruhi ishlamasa, biz YEIning Armaniston bilan munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblaymiz", — deb qo‘shimcha qilgan Ozarbayjon yetakchisi.

 

Avvalroq Armaniston va Ozarbayjon TIV rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика