1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbek allomasi nomi berilgan sun’iy yo‘ldosh kosmosni zabt etdi

U AQShning Vandenberg bazasidan muvaffaqiyatli uchirildi.

O‘zbek allomasi nomi berilgan sun’iy yo‘ldosh kosmosni zabt etdi

 

"Fergani Space" kompaniyasining birinchi sun’iy yo‘ldoshi kosmosga uchirildi. Ushbu qurilmaga buyuk astronom, matematik va geograf olim — Ahmad Farg‘oniy sharafiga "Fergani" nomi berildi.

 

"Fergani Space" kompaniyasining "FGN-100-d1" deb nomlangan birinchi sun’iy yo‘ldoshi "SpaceX" kompaniyasiga tegishli "Falcon 9" raketa-tashuvchisi orqali AQShning Vandenberg bazasidan kosmosga muvaffaqiyatli uchirildi. Mazkur kompaniya rahbari va Baykar kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Selchuk Bayraktar hisoblanadi.

 

"FGN-100-d1" yo‘ldoshi "Falcon 9" raketasi orqali "Transporter-12" missiyasi doirasida uchirildi. Ushbu missiyada 131 ta foydali yuk, jumladan, parvozni onlayn uzatuvchi vosita, mikrosun’iy yo‘ldoshlar va orbitadagi transport vositalari kosmosga yetkazildi.

 

"Fergani Space" kompaniyasi o‘zining innovativ va original texnologiyalari orqali kosmik transport hamda past orbitali yo‘ldosh xizmatlari sohasida barqaror va iqtisodiy jihatdan samarali yechimlarni taqdim etishni maqsad qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика