1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbek mutaxassislari Mozori-Sharif aeroportini tiklashni yakunlamoqda

Bu haqda “Valday” munozara klubida maʼlum qilindi.

O‘zbek mutaxassislari Mozori-Sharif aeroportini tiklashni yakunlamoqda

 

O‘zbekistonlik mutaxassislar Mozori-Sharif aeroportini taʼmirlashni yakunlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston TIV qoshidagi xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi direktori Doniyor Qurbonov “Valday” xalqaro munozara klubidagi chiqishida maʼlum qildi.

 

Qurbonov Toshkentning Afg‘onistonni Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prikka aylanishi uchun ko‘p ishlarni qilayotganini aytgan.

 

“Afg‘oniston 30 foizi importini Termizdagi transport-logistik xabdan qabul qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Kobulga elektr energiyasi yetkazib bermoqda”, – degan u.

 

Avvalroq “Tolibon” 100 ming kishini armiyaga jalb qilgani to‘g‘risida xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика