1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oʻzbek tili olimpiadasi gʻoliblari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi

Oʻzbek tilini oʻrganishni ragʻbatlantirish uchun yangi tashabbuslar joriy etiladi.

Oʻzbek tili olimpiadasi gʻoliblari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab oʻzbek tilini rivojlantirish va uning xalqaro miqyosdagi oʻqitilishini kengaytirishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

 

Mazkur qarorga koʻra:

 

  • taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan maktablar uchun oʻzbek tili darsliklarining yangi avlodi yaratiladi;

 

  • maktabgacha taʼlim muassasalari uchun metodik qoʻllanmalar hamda “Meninɡ ilk izohli lugʻatcham” kabi manbalar ishlab chiqiladi;

 

  • bolalar uchun oʻzbek tilida animatsion, video va audio mahsulotlar tayyorlanadi.

 

Shuningdek, har yili oʻquvchilar oʻrtasida insho tanlovlari, oʻqituvchilar oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovi va A. Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi.

 

Mazkur olimpiada gʻoliblari filologiya yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalariga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика