Fanlar akademiyasida yangilangan va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ilk bor chop etilgan "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"ning taqdimoti o‘tkazildi.
2020 yilda nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kirill yozuvida 5 jilddan iborat bo‘lgan bo‘lsa, bu nashr 6 jilddan iborat va unga 5 000 ga yaqin yangi so‘z (jami 80 mingdan ortiq so‘z) kiritildi.
Izohli lug‘at Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi hamda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida tayyorlangan.
Izohli lug‘atning dastlabki jildlarini tayyorlashda marhum olimlar – akademik Azim Xojiyev, akademik To‘ra Mirzayev, akademik Ernis Begmatov bevosita ishtirok etgan.


