1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekiston 10 ta davlat bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatadi

Qaror shu yil 3-dekabrdan kuchga kiradi.

O‘zbekiston 10 ta davlat bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatadi

 

Qayd etilishicha, koronavirusning yangi shtammini mamlakat hududida cheklash uchun bir nechta xorijiy davlatlar bilan aviareyslar qatnovi to‘xtatiladi.

 

Unga ko‘ra,  2021-yil 3-dekabrdan 2022-yil 10-yanvarga qadar:

 

 Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatildi.

 

 

Bundan tashqari, ushbu davlatlarning fuqarolari hamda u davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida yuqoridagi davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.

 

Maʼlumot uchun: masʼul vazirlik va idoralar ushbu davlatlardagi mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda ular bilan xalqaro aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash yuzasidan taklif kiritib borishlari mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir qator davlat fuqarolari O‘zbekiston hududiga kirishda o‘n kunlik karantinga olingani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика