1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston 2026-yilda 50 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb qiladi

Strategik investorlarga loyiha uchun zarur yer bozor qiymatida taqdim etiladi.

O‘zbekiston 2026-yilda 50 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb qiladi

 

Oʻzbekistonda strategik investorlarga loyiha uchun zarur yer maydonlari bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida ma’lum qildi.

 

Davlat rahbarining so‘zlariga koʻra, 2026-yilda mamlakatga 50 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 2025-yilda chet ellik hamkorlar bilan 140 milliard dollarlik yangi investitsiya kelishuvlariga erishildi.

 

Endilikda har bir dollar investitsiya asosan yuqori texnologiyalar transferi, eksportga yo‘naltirilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, energiya va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, mahalliy xodimlarni yangi texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlashga yo‘naltiriladi. Shu sababli, yuqori texnologiya va yangi kompetensiyalarni olib kiradigan, eksportga ishlovchi investor eng ishonchli hamkor sifatida e’tirof etiladi.

 

Strategik investorlarga yerlarni berish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

  • Yer bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etiladi;
  • Yer toifasi oʻzgargan taqdirda, nobudgarchilik uchun to‘lov 10 yilgacha boʻlib-bo‘lib to‘lanishi mumkin;
  • Investorlar idoralar orasida yurmasdan, “yagona darcha” tamoyili asosida barcha ruxsatnomalarni elektron platforma orqali olishadi;

 

Barcha vazirlik va idoralar ushbu platformaga ulanadi, shu orqali yerni rasmiylashtirish, qurilish va infratuzilmaga ulanish jarayonlari soddalashtiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика