1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston–Afg‘oniston temiryo‘l masalasida kelishib oldi

Avvalroq temiryo‘l orqali yuk tashuvi vaqtincha to‘xtatilgandi.

O‘zbekiston–Afg‘oniston temiryo‘l masalasida kelishib oldi

 

Bugun, 12-fevral kuni Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana Trans” SHK o‘rtasida Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘lida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar bermoqda.

 

Yangi kelishuvga ko‘ra, “Sogdiana Trans” 2 yil davomida o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bundan tashqari, tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldi.

 

Eslatib o‘tamiz, 10-11-fevral kunlari 714 ta yuk vagonlari yetkazilgan. Hozirda yuklarni yetkazib berish davom etmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика