1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilishi mumkin

Shuningdek, O‘zbekiston Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash niyatida.

O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilishi mumkin

Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya 12 may kuni Afg‘onistonga tashrif buyurib, tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mottakiy bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi Afg‘oniston TIV.

 

Transport vaziri "O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston" temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini amaliy ishlab chiqish uchun muhandislar jamoasi bilan kelganini aytgan. Bir necha haftadan so‘ng yana bir O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga afg‘on temiryo‘li qurilishi uchun uskunalar olib kelishi kutilmoqda.

 

Ўзбекистон Афғонистондан 1 млн тоннадан ортиқ кўмир импорт қилишни режалаштирмоқда

 

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev O‘zbekistonda afg‘onistonlik biznesmenlar va haydovchilar uchun uzoq muddatli vizalar, shuningdek, taʼlim, tibbiyot va turizm uchun vizalar berish ustida ish olib borilayotganini maʼlum qilgan.

 

TIV maʼlumotlariga ko‘ra, u yaqin orada Kobulga 1 million tonnadan ortiq ko‘mir sotib olish uchun texnik guruh kelishini taʼkidlagan. Shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom al-Buxoriy madrasasi qurilishini boshlash uchun muhandislar kelishi rejalashtirilgan.

 

 

Prezidentning maxsus vakili O‘zbekiston Afg‘oniston Axborot va madaniyat vazirligi bilan tarixiy maskanlar va ziyoratgohlarni qurish va rekonstruksiya qilishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика