1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qildi

O‘zbekiston Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qildi, ular o‘zbek-afg‘on chegarasi yaqinidagi kovid-markaz hududiga joylashtirildi. Bu haqda TASS o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

O‘zbekiston Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qildi

 

“Qochqinlarning yangi guruhi Termizga samolyotlarda olib kelindi, ularning PZR-testlari manfiy natija berdi. Ular nima uchun qo‘riqlanayotgan hududga joylashtirilgani nomaʼlum”, - deyiladi manbada.

 

Juma kuni O‘zbekiston TIV afg‘onistonlik 150 nafar qochqin xavfsizligi kafolatlanganidan so‘ng o‘z mamlakatiga qaytarilgani haqida xabar bergandi. 

 

Hozirda G‘arb mamlakatlari Afg‘onistondan o‘z fuqarolari va diplomatik vakolatxonalari xodimlarini hamda ular bilan hamkorlik qilgan mahalliy aholini evakuatsiya qilishda davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика