1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi

Bu haqda «Hasht-e Subh Daily» xabar berdi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi

 

Bu haqda «Hasht-e Subh Daily» xabar berdi.

 

Keltirilishicha, Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) elektr kompaniyasi O‘zbekistondan mamlakatga yetkazib beriladigan elektr energiyasi texnik nosozlik tufayli uzilganini maʼlum qilgan.

 

“Breshna” kompaniyasi maʼlumotiga ko‘ra, muammo ikki kun ichida hal qilinishi kutilmoqda.

 

Hozirda Kobulning ayrim viloyat va tumanlaridagi aholi vakillari elektr energiyasisiz yashamoqda.

 

Elektrga bo‘lgan talabni kamaytirish uchun Turkmaniston elektr energiyasi Kobulga yetkazib beruvchi elektr zanjiriga ulanadi.

 

“Breshna” kompaniyasi matbuot kotibi Kamtulloh Mayvandning maʼlum qilishicha, mahalliy elektr energiyasidan foydalanish esa davom etadi.

 

Afg‘onistondagi 13 viloyat, jumladan, Kobulda elektr energiyasi O‘zbekistondan import qilinishi hisobiga taʼminlanadi. Mamlakat, shuningdek, elektr energiyasini Eron, Turkmaniston va Tojikistondan ham import qiladi.

 

Avgust oyida O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘onistonning 2021 yil uchun yetkazib berilgan elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud emasligini eʼlon qilgandi. U bundan tashqari 2022 yilda ham to‘lovlar amalga oshirilayotgani qo‘shimcha qilingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика