1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Afg‘onistonga harbiy hamkorlik bo‘yicha taklif yuboradi

“O‘zbekiston —  2030” Davlat dasturi to‘g‘risidagi loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan harbiy hamkorlik qilishi mumkin.

O‘zbekiston Afg‘onistonga harbiy hamkorlik bo‘yicha taklif yuboradi

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqiladi va qo‘shni davlatga bu to‘g‘risida taklif yuboriladi.  Agar ijobiy javob olinsa, Xavfsizlik Kengash kotibiyati bilan kelishilgan holda, hamkorlik bilan tegishli tadbirlar amalga oshiriladi.  Bu haqda prezident farmoni loyihasida qayd etilgan.

 

Dastur loyihasida Afg‘oniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

 

Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan, Afg‘oniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga kiritiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Markaziy Osiyo davlatlariga hamkorlik rejalariga va afg‘on tomoniga hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha takliflarni yuboriladi.

 

Ijobiy javob olingach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati bilan kelishilgan holda, xorijiy hamkorlar bilan tegishli tadbirlarni amalga oshiriladi.

 

Nega Afg‘oniston?

 

Zamon.uz harbiy hamkorlik bo‘yicha nega Afg‘oniston tanlangani va bundan O‘zbekistonga qanday manfaat ekanligini bilish uchun Mudofaa vazirligi matbuoti bilan bog‘landi.

 

Matbuot xizmati xodimi zamon.uz savolini yozib kerakli joylarga berilgani u joydan javob kelsa munosabat berishini aytdi. Tahririyat vazirlik munosabatini kutadi.

 

Shuningdek, biz vazirlikning sobiq xodimi bilan suhbatlashdik. Uning aytishicha, bu kelishuvdan maqsad moddiy manfaat. Hozirda Afg‘onistonda taʼmirtalab qurol-aslahalar ko‘p, lekin “Tolibon“ hukumati bu qurollarni taʼmirlay olmaydi. O‘zbekiston shu qurollarni taʼmirlash orqali mo‘maygina daromad ko‘rishi mumkin.

 

Afg‘oniston, O‘zbekiston, AQSH

 

2021 yilda Afg‘onistonda eski hukumat ag‘darilib, hozirgi “Tolibon“ hukumati o‘rnatilganidan keyin Afg‘onistondagi eski hukumat vakillari va harbiylarning baʼzilari O‘zbekiston orqali mamlakatni tark etgan.

 

2021 yilda “Tolibon“ Kobulni egallagan kunlarda bortida 585 nafar afg‘onistonlik harbiy xizmatchi bo‘lgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot (Embraer EMB 314 Super Tusano, UH-60 Black Hawk, MD-530, PS-12 va Mi-17) O‘zbekiston havo hududini kesib o‘tgan.

 

2024 yilning avgust oyida AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik AQSH va O‘zbekiston rasmiylari ushbu aviatexnikalarning keyingi taqdiri bo‘yicha kelishuvga erishganini aytgan edi. Unga ko‘ra, mamlakat hududini kesib o‘tgan harbiy texnika O‘zbekistonda qoladi.

 

“Tolibon“ Mudofaa vazirligi X tarmog‘ida Henikning bu gapiga AQSH Afg‘onistonning O‘zbekistondagi vertolyot- samolyotlari va afg‘on xalqining mol-mulkini xayriya yoki musodara qilish huquqiga ega emasligini eslatib o‘tgan. Bundan tashqari, “Tolibon“ hukumati O‘zbekistonni bu kabi har qanday kelishuvlardan voz kechishga chaqirgan.

 

2025 yil 31 yanvarda O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

 

“Amerika Ovozi”ning maʼlum qilishicha ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi uchrashuvda O‘zbekiston hukumati Afg‘onistondan O‘zbekistonga o‘tgan o‘nlab vertolyotlarni qaytargan. Biroq, Pentagon yaroqli deb bilgan 7 ta vertolyotni qabul qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика