1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

 

30-aprel kuni O‘zbekiston Termiz shahridagi «Ayritom» chegara punkti orqali Afg‘onistonga 58 ta vagondan iborat poyezdda navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami 58 ta vagondan iborat poyezdda Termiz shahridagi «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali jo‘natildi.

 

«Ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda keyinroq voqea joyidan xabar beramiz», — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistondan 63 ta vagonda insonparvarlik yordami yetkazib berilgan edi. 2022-yilning mart oyida UNICEF ham Termiz orqali afg‘on xalqiga 2,3 million dollarlik gumanitar yordam yuborgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика