O‘zbekistonning doimiy aholisi 2024-yilning 9-dekabr holatiga 37 mln 535 ming 605 kishini tashkil etgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.
22-aprel kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 million kishiga yetgandi. 2024-yilning yanvar–oktyabr oylarida mamlakatda jami 783 089 nafar tug‘ilishlar qayd etilgan. Mazkur tug‘ilishlarning ota-onasining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
Onalar:
25 yoshgacha — 309 664 nafar (39,5 foiz)
25-39 yosh — 463 842 nafar (59,3 foiz)
40 yosh va undan kattalar – 9 583 nafar (1,2 foiz)
Otalar:
25 yoshgacha — 84 700 nafar (10,8 foiz)
25-39 yosh — 645 434 nafar (82,4 foiz)
40 yosh va undan kattalar — 52 955 nafar (6,8 foiz)
1-yanvar holatiga ko‘ra doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 250 266 nafarga ko‘p. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda Markaziy Osiyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 71,8 yoshni tashkil etgan, bu Osiyo bo‘yicha 2,4 yilga (74,2 yosh) hamda jahondagi o‘rtacha umr davomiyligidan 7,9 yilga (79,7 yosh) kam.


