1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

O‘zbekiston banklari va brokerlar Rossiya valyuta bozorida savdo qilishi mumkin

Rossiya valyuta savdosida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi.

O‘zbekiston banklari va brokerlar Rossiya valyuta bozorida savdo qilishi mumkin

 

Endi O‘zbekiston banklari va brokerlari Rossiya valyuta bozorida savdo qilishi mumkin bo‘ladi

 

Rossiya hukumati valyuta savdosida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi. Unga ko‘ra, xorijiy kredit tashkilotlari, do‘st va neytral davlatlarning brokerlariga Rossiya valyuta bozorida, shuningdek derivativlar bozorida savdo qilishga ruxsat beriladi.

 

Bunday davlatlar ro‘yxatini tasdiqlash haqidagi farmoyishni mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin imzolagan.

 

"Ro‘yxatga 30 dan ortiq davlat kiritilgan. Bular Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Jazoir, Bangladesh, Bahrayn, Braziliya, Venesuela, Vetnam, Misr, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Xitoy, Kuba, Malayziya, Marokash, Mo‘g‘uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Tailand, Turkiya, Janubiy Afrika", — deyayilgan hujjat matnida.

 

Ushbu normalar do‘st va neytral mamlakatlar milliy valyutalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiya qilish mexanizmi samaradorligini oshirish va Rossiya iqtisodiyotining milliy valyutada hisob-kitoblarga bo‘lgan talabini qondirish uchun rublga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kotirovkalarni shakllantirishga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика