1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston davlat qarzi qanchaligi maʼlum qilindi

O‘zbekiston davlat qarz qoldig‘i joriy yilning III choragida 1.1 mlrd. dollarga oshib, 1 oktyabr holatiga 25.3 mlrd. dollarni tashkil etgan.

O‘zbekiston davlat qarzi qanchaligi maʼlum qilindi

Bu haqda Moliya vazirligi maʼlumot berdi.  

 

Qayd etilishicha, davlat qarzining YAIMga nisbati barqarorlashish tendensiyasi saqlanib qolgan va yilning 1 oktyabriga nisbatan 38,4 foizgacha pasaygan.

 

Maʼlumot berilishicha, joriy yilning iyul-sentyabr oylarida davlat qarzi qoldig‘ining 1,1 mlrd dollarga oshishi, asosan, davlat byudjeti taqchilligining moliyalashtirilishi va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi natijasida qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi bilan birga, 356,4 mln dollar miqdoridagi davlat qarzining so‘ndirilishi bilan izohlangan.

 

 Natijada, joriy yilning III choragida:– O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 897,6 mln dollarga oshdi; – Davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 42,2 mln dollarga oshdi; – Davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat byudjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i 102,2 mln dollarga oshdi; – O‘zbekiston nomidan 1 196,4 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini (DQQ) emissiya qilinishi va 407,2 mlrd so‘m miqdoridagi DQQ so‘ndirilishi natijasida DQQ bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘i 789,2 mlrd so‘mga oshdi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика