1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston delegatsiyasining Shveysariyaga amaliy tashrifi boshlandi

Tashrifning maqsadi korrupsiyaning oldini olish va samarali boshqaruvni joriy etish sohalarida tajriba almashishdan iborat.

O‘zbekiston delegatsiyasining Shveysariyaga amaliy tashrifi boshlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi, Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi hamkorligida O‘zbekiston delegatsiyasining Shveysariyaga xizmat safari boshlandi.

 

Korrupsiyaning oldini olish va samarali boshqaruvni joriy etish sohalarida tajriba almashish, ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish tashrifning asosiy maqsadi sanaladi.

 

Xususan, aktivlarni qaytarish, sohaga oid xalqaro standartlarni implementatsiya qilish, samarali boshqaruv hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha komplayens-nazorat tizimlari joriy etilishi yuzasidan hamkorlik qilish ishlari rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика