O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalyonlar tuzish va/yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantiradi, bu harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Diplomatik vakolatxona maʼlum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi “Yollanish”ga ko‘ra xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanadi. Ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.
Elchixona O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to‘g‘risida xolis maʼlumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi.
Elchixona yurtdoshlarimizni daʼvatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi.


