Dunyo

O‘zbekiston Fransiyadan qiruvchi samolyotlar sotib oladi

 

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning 2 noyabr kuni O‘zbekistonga tashrifi doirasida nafaqat fransuz energetika kompaniyalari uchun uran  masalasi, balki harbiy samolyotlar borasida hamkorlik ham muhokama qilingan.  

 

Xususan, O‘zbekiston rahbariyati 24 ta Rafale qiruvchi samolyotini olishdan manfaatdor ekani aytiladi. Biroq aniq shartlar va moliyalashtirish tartibi nomaʼlumligicha qolmoqda. 

 

Fransiya o‘zining Rafale samolyotlarini O‘zbekistonga sotishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Sababi Hindiston, Qatar, Indoneziya va Xorvatiya kabi boshqa mamlakatlarning ham bu qurolga katta talabi bor, bu esa fransuz mudofaa sanoatini ushbu samolyot modeli uchun oldindan buyurtmalar ko‘pligini bildiradi. Shunga qaramay, Fransiya O‘zbekistonga o‘zining mavjud zaxiralari bilan yordam berishi mumkin. 

 

Malumotlarga ko‘ra, 2023 yil uchun O‘zbekiston mudofaa byudjeti uchun 1,4 milliard dollar ekvivalentida mablag‘ ajratgan. The Military Balance maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatning jangovar aviatsiyasi arsenalida hozirda xizmat ko‘rsatilayotgan 12 ta MiG-29 va MiG-29 UB samolyotlari va qo‘shimcha 18 ta bir xil turdagi samolyotlar saqlanadi.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari 12 ta Su-25 hujumchi samolyoti va 15 ta Su-24 bombardimonchi samolyotlaridan iborat katta flotga ega.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish