1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp ixtiyoriy deportatsiya dasturini ishga tushirdi

Noqonuniy muhojirlarga bepul chipta beriladi.

Tramp ixtiyoriy deportatsiya dasturini ishga tushirdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp tarixda birinchi bor noqonuniy muhojirlar uchun mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish dasturi ishga tushirilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, har qanday noqonuniy muhojir oddiygina aeroportga borib, AQShni tark etish uchun bepul aviachiptani olishlari mumkin.

 

“Biz bu jarayonni iloji boricha soddalashtiryapmiz. Maxsus mobil ilovalar ishlab chiqilgan, ular orqali chiptani oldindan band qilish mumkin”, — deb yozadi Tramp Truth Social’dagi sahifasida.

 

Tramp shuningdek, chiqib ketganlarga aniqlashtirilmagan miqdorda “muhim bonus” berilishini ta’kidladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu tashabbus AQSh byudjetiga trillionlab dollar tejash imkonini beradi.

 

Avvalroq AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi ixtiyoriy chiqib ketgan muhojirlarga 1 000 dollar miqdorida pul kompensatsiyasi to‘lanishini bildirgan edi.

 

Shu bilan birga, ixtiyoriy chiqib ketishni rad etganlar qat’iy chora-tadbirlarga duch kelishi haqida ogohlantirilgan: ularga nisbatan jarimalar, hibsga olish, mol-mulk musodarasi yoki istalgan vaqtda majburiy deportatsiya kabi jazolar qo‘llanishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика