1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston futbolida “Yilning eng yaxshilarini taqdirlash” marosimi o‘tkazildi

Timur Kapadze yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi.

O‘zbekiston futbolida “Yilning eng yaxshilarini taqdirlash” marosimi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, 2025-yilning eng yaxshi futbolchilari va murabbiylari taqdirlandi.

 

Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga erishgani uchun “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb e’tirof etildi. Ma’lumot uchun, Kapadze 2022 va 2024-yillarda ham ushbu e’tirofga loyiq ko‘rilgan edi.

 

Eldor Shomurodov esa 2025-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U 2019 va 2021-yillarda ham shu nomga sazovor bo‘lgan.

 

Shuningdek, Sadriddin Hasanov “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sifatida tan olindi. U-17 Osiyo chempionatidagi yorqin o‘yinlari va yetakchilik qobiliyati bilan Hasanov 2025-yilning eng istiqbolli futbolchisi deb baholandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика