1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston bilan chegarada yangi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston chegarasida Rossiya va Tojikiston harbiylari bilan bo‘lib o‘tayotgan qo‘shma mashg‘ulotlarda Rossiyaning uchuvchisiz samolyotlarini sinovdan o‘tkazdi.

O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston bilan chegarada yangi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

 

Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, dronlar (uchuvchisiz samolyotlar) uzoq masofali havo razvedkasi uchun ishlatilgan. Ular O‘zbekistonga eksport shartnomasi asosida yetkazilgan.

«Harbiylar va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari manyovralar paytida Rossiyada ishlab chiqarilgan ZALA 421-16E dronlaridan foydalangan. Bu qurilmalar optik havo razvedkasi uchun ishlatiladi», deyilgan xabarda.

Maʼlumot uchun, ZALA 421-16E uchuvchisiz samolyotlarning eng mashhur turi hisoblanib, uning yuk ko‘tarish qobiliyati sababli bortiga qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish mumkin. Dronlar to‘siqlarga qarshi chidamli va 100 kilometrgacha bo‘lgan masofada boshqarila oladi. Ular pnevmatik katapultdan ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylarining mashg‘ulotlari Termiz poligonida 10 avgustgacha davom etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика