1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

O‘zbekiston Kaspiy va Qora dengiz orqali Yevropaga eksportni boshladi

Konteynerli poyezdlar jami 4 ming kilometr masofani bosib o‘tishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Kaspiy va Qora dengiz orqali Yevropaga eksportni boshladi

 

O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali Yevropaga tovarlar yetkazib berishni boshladi.

 

Mis konsentrati ortilgan birinchi tarkib jami 4 ming kilometr masofani bosib o‘tadi.

 

Konteynerli poyezd “O‘zbekiston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Gruziya-Bolgariya/Yevropa” marshruti orqali YеI hududiga boradi.

 

O‘zbekiston bir necha bor Transkaspiy yo‘lagi orqali Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdoni kuchaytirishga chaqirgandi. Noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan TDT davlat rahbarlari sammitida Shavkat Mirziyoyev ushbu xalqaro transport koridori imkoniyatlarining 10 foizidan foydalanilayotganini aytgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика