1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

O‘zbekiston maktablari «Zamonaviy maktab» mezonlari asosida baholanadi

Respublika maktablari Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «Zamonaviy maktab» mezonlari asosida baholanadi.

O‘zbekiston maktablari «Zamonaviy maktab» mezonlari asosida baholanadi

Xabarga ko‘ra, Prezident 2019 yil 26 noyabrda «‘Zamonaviy maktablar’ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qilgan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, Ofsted va Jahon banki ekspertlarini jalb qilgan holda, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda «Zamonaviy maktab»larga qo‘yilgan talablar, baholash tartibi hamda baholash metodikasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Ta’kidlanishicha,«Zamonaviy maktab»larni baholash 11 ta yo‘nalish, 38 ta mezon va 150 ta ko‘rsatkichlar quyidagi 4 ta asosiy soha bo‘yicha amalga oshiriladi:

ta’lim va tarbiya jarayoni (umumiy ballning 30 foizi);

umumta’lim muassasasini boshqarish (umumiy ballning 20 foizi);

malakali mutaxassislar bilan ta’minlangani (umumiy ballning 20 foizi);

moddiy-texnik bazasi va infrastrukturasi (umumiy ballning 30 foizi).

Tajriba-sinov tariqasida 42 ta (har bir hududdan 3 tadan) maktab «Zamonaviy maktab»larga qo‘yiladigan talablar asosida baholangan. Natijada ushbu 42 ta maktabdan 8 tasi «Zamonaviy maktab» maqomiga ega bo‘lgan, 34 tasi esa «Zamonaviy maktab» mezonlariga to‘liq javob bermagan. 

«Zamonaviy maktab» maqomiga erishgan maktablar va ularning natijalari quyidagicha: 

1 ta maktab — 2-darajali «Zamonaviy maktab» maqomi;

7 ta maktab — 3-darajali «Zamonaviy maktab» maqomi. 

Respublikaning boshqa maktablarini baholash natijasida har bir maktabga 38 ta mezon bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beriladi va «Zamonaviy maktab» darajasiga olib chiqish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilanadi. Yil yakuniga qadar respublika bo‘ylab 750 ta umumta’lim maktablari «Zamonaviy maktab»lar mezonlari asosida baholanishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика