1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Airbus Flexrotor dronlaridan foydalanadi

Shartnoma 2025-yil 19-noyabr kuni Dubay shahrida imzolangan.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Airbus Flexrotor dronlaridan foydalanadi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib kuzatuv, nishonni aniqlash va razvedka missiyalari uchun mo‘ljallangan noma’lum miqdordagi harbiy dron sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Airbus Helicopters kompaniyasi ma’lum qildi.

 

Shartnoma 2025-yil 19-noyabr kuni BAA Dubay shahrida imzolangan.

 

“O‘zbekiston Airbus Helicopters uchun uzoq yillik va qadrli hamkor hisoblanadi va Uztechtrade eng zamonaviy Flexrotor tizimini tanlaganidan faxrlanamiz. Bu O‘zbekistonning ekipajsiz uchuvchisiz imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir”, — dedi Airbus Helicopters Global biznes bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Olivier Mishalon.

 

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyodan faqat O‘zbekiston Flexrotor tizimining birinchi xaridori bo‘lgan.

 

Flexrotor keng turdagi vazifalar, xususan razvedka, kuzatuv, nishonni aniqlash va razvedka (ISTAR) missiyalari uchun mo‘ljallangan. O‘zbekiston Flexrotordan ilg‘or “Crewed-Uncrewed Teaming” konsepsiyasida, ya’ni ekipajli vertolyotlar bilan integratsiyalangan holda foydalanishni, natijada vaziyatdan xabardorlik va operatsion samaradorlikni oshirishni rejalashtirmoqda.

 

Flexrotor Airbusning UAS (uchuvchisiz aviatsiya tizimlari) portfelidagi eng yangi mahsulot sanaladi. Vertikal parvoz va qo‘nish (VTOL) imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy ekipajsiz uchuvchisiz samolyot bo‘lib, maksimal uchish vazni 25 kg (55 funt)ni tashkil etadi. U 12–14 soatdan ortiq davom etuvchi ISTAR missiyalari uchun mo‘ljallangan va mijozlarning ehtiyojiga qarab elektro-optik tizimlar hamda ilg‘or sensorlar bilan jihozlanishi mumkin.

 

Yerda yoki dengizda avtanom tarzda parvozga ko‘tarilib va qo‘nishi mumkin, buning uchun atigi 3,7 x 3,7 metr (12 x 12 fut) joy talab etiladi. Shu bois, Flexrotor minimal logistik talablar bilan harbiy-ekspeditsiya operatsiyalari uchun juda maqbul yechim hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика