1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekiston OAV erkinligi indeksida 133-o‘rinda. Bu yomon ko‘rsatkich!

"Chegara bilmas reportyorlar" nodavlat tashkilotining 2022 yil yakunlari bo‘yicha reytingi eʼlon qilindi.

O‘zbekiston OAV erkinligi indeksida 133-o‘rinda. Bu yomon ko‘rsatkich!

 

"Chegara bilmas reportyorlar" nodavlat tashkilotining 2022 yil uchun eʼlon qilgan reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston matbuot (OAV) erkinligi indeksida 45,74 ball bilan 133-o‘rinni egallagan. Bu yomon ko‘rsatkich, deya baholanadi.

 

✅ Qirg‘iziston ushbu reytingda 64,25 ball bilan 72-o‘rinda.

 

☑️ Qozog‘iston esa 48,28 ball bilan 122-o‘rinda turibdi.

 

☑️ So‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat juda yomon, deya baholangan Belarus 39,62 ball bilan 153-o‘rinda, Rossiya esa 38,82 ball bilan 155-o‘rinni egallagan.

 

"O‘zbekistonda so‘z erkinligi borasida oldinda qilinadigan ishlar ko‘p. Biroq so‘nggi vaqtlarda mansabdorlarning jurnalist va blogerlarga nisbatan bo‘layotgan salbiy munosabati va ishlari O‘zbekiston obro‘sini xalqaro darajada pasaytirish, reytingdagi ahvolni yana-da yomonlashtirishi mumkin. Xavotirlii bu Prezident islohotlarining samaradorligi haqida ishonch pasayishiga sabab bo‘ladi.

Buni mamlakat rahbariyati va huquqni muhofaza qilish sohasi vakillari yaxshi anglashlari kerak", — deb yozdi Tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика