1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga qo‘shildi

Bu bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi.

O‘zbekiston ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga qo‘shildi

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga qo‘shilganini rasman e’lon qildi.

 

"O‘zbekiston Respublikasi Ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga rasman qo‘shildi", — deyiladi TIV saytida e’lon qilingan xabarda.

 

Bu Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha global sa’y-harakatlarni kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

 

"Bu tarixiy qadam global oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq ortib borayotgan muammolar va O‘zbekistonning ochlik, qashshoqlik va tengsizlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etish istagiga javoban amalga oshirildi", - deyiladi ma’lumotda.

 

Global alyansga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga tajriba almashish, xalqaro investisiyalarni jalb etish hamda ushbu dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha boshqa davlatlar va tashkilotlar bilan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi. Bugungi kunga qadar hujjatlarga 100 dan ortiq davlat qo‘shildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика