1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

O‘zbekiston oktyabrda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

Bu haqda Jahon Oltin Kengashining maʼlumotlarida keltirib o‘tilgan.

O‘zbekiston oktyabrda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

 

O‘zbekiston Markaziy banki oktyabr oyida dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq – 11 tonna oltin sotdi. Bu haqda Jahon Oltin Kengashining (WGC) oylik maʼlumotlarida keltirib o‘tilgan.

 

Hisobot davrida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 42 tonnaga oshdi.

 

Oktyabr oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Xitoy (23 tonna), Turkiya (19 tonna) va Polsha (6 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.

 

Mazkur vaqtda oltinning asosiy sotuvchisi O‘zbekiston Markaziy banki bo‘ldi – 11 tonna. Shuningdek, Qozog‘iston Markaziy banki tomonidan ham 2 tonna oltin sotilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика