1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston Qambar-Ota-1 GESi qurilishini moliyalashtirishda ishtirok etadi

Norin daryosida joylashgan Qambar-Ota-1 GESini qurilishini moliyalashtirishda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston Qambar-Ota-1 GESi qurilishini moliyalashtirishda ishtirok etadi

 

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qirg‘izistonning Norin daryosida joylashgan Qambar-Ota-1 GESini qurilishini birgalikda moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

 

Qirg‘iziston Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 2026‑yildan boshlab loyiha moliyalashtirilishi quyidagicha taqsimlanadi: Qirg‘iziston — xarajatlarning 34 foizi, O‘zbekiston va Qozog‘iston esa har biri 33 foiz hissa qo‘shadi. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi mamlakatlar o‘rtasida ularning tegishli ulushlariga muvofiq taqsimlanadi.

 

GES qurilishi qiymati 4,2 milliard dollarni tashkil etadi. Xalqaro moliya institutlarining umumiy moliyalashtirish hajmi 5,6 milliard dollarga yetadi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev bilan uchrashuvda o‘zbek-qirg‘iz hamkorligini yanada mustahkamlash, gidroenergetika sohasidagi loyihalarni ilgari surish va mintaqaviy energetika loyihalarining ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, Mirziyoyev BAA, Turkiya va Ozarbayjondagi hamkorlarning O‘zbekistondagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlaganliklari va sarmoya jalb etishdagi yordamlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика