Bugun, 14-sentabr kuni O‘zbekiston Transport vazirligi, Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida “O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy” temiryo‘li qurilishi (Qirg‘iziston hududida) loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida uch tomonlama Bitim imzolandi.
Temiryo‘l qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshiradi. Magistral Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan, kelajakda esa Transafg‘on temiryo‘li orqali Pokiston portlari bilan bog‘lashi mumkin
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21-may kuni Qirg‘iziston hukumati 2022/2026-yillarda temiryo‘l transportini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlagandi. Unda Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l qurilishini kuzda boshlash rejalashtirilgan.


