O‘zbekiston milliy jamoasi CAFA-2025 turnirida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Olimpiya" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Temur Kapadze shogirdlari Qirg‘iziston ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 4:0.
Hisobni 20-daqiqada Akmal Mozgovoy ochdi. Ikkinchi bo‘limda Otabek Shukurov penaltidan gol urdi, so‘ng zaxiradan tushgan Igor Sergeev hisobni yiriklashtirdi. Yakuniy zarbani esa Azizbek Turğunboev 90+4-daqiqada berdi. Raqiblar esa 45-daqiqada Valeriy Kichin qizil kartochka olgach, maydonda bir kishi kam bo‘lib qolishdi.
Natijada O‘zbekiston guruhda 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi va finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi uchrashuv 8 sentabr kuni Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida Eron terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 19:30 da start oladi.
Shuningdek, 3-o‘rin uchun bahsda Ummon va Hindiston terma jamoalari 8 sentabr kuni Tojikistonning Hisor shahrida to‘qnash kelishadi.


