1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekiston qo‘shni davlat bilan chegarada kelishuvga erishadi

Loyiha mamlakat Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan.

O‘zbekiston qo‘shni davlat bilan chegarada kelishuvga erishadi

 

Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasining boshlang‘ich nuqtasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat chegaralarining tutashgan joyi hisoblanadi.

 

Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasining so‘nggi nuqtasi esa Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlat chegaralarining tutashgan joyidir.

 

Davlat chegarasining demarkatsiyalangan chizig‘ining uzunligi 2356,666 km. Tomonlar davlat chegarasi chizig‘iga jami 1301 ta chegara belgilarini o‘rnatdi.

 

Jami 1672 ta chegara postlari o‘rnatildi, jumladan, asosiylari – 868 ta, shundan Qozog‘iston tomoni – 437 ta, O‘zbekiston tomoni – 431 ta post o‘rnatgan. Oraliq chegara ustunlari — 804 ta, shundan Qozog‘iston tomoni — 428 ta, O‘zbekiston tomoni — 376 ta o‘rnatgan.

 

Shartnoma kuchga kirgandan so‘ng, tomonlar davlat chegarasi chizig‘ining belgilanishini har 10 yilda bir marta birgalikda tekshiradi. Kelishuvga ko‘ra, tekshirish shartlari o‘zgartirilishi, shuningdek, davlat chegarasi chizig‘ining alohida uchastkalarida belgilanishining birgalikdagi tekshiruvlari ham o‘tkazilishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, farmon loyihasi Qozog‘iston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика