1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh fazoga uchiriladi

2030-yilgacha IT xizmatlari eksporti 5 mlrd dollarga yetkaziladi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh fazoga uchiriladi

 

O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohani rivojlantirish, jumladan, milliy sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqarish hamda mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ma’lum qildi.

 

Davlat rahbari ta’kidlashicha, 2030-yilga qadar IT xizmatlari eksporti hajmini 5 milliard AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilgan. Shu maqsadda kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta superkompyuter barpo etilishi, shuningdek, 15 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur infratuzilma tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya hamda jamoat xavfsizligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirish imkonini beradi.

 

Bugungi kunda minglab iqtidorli yoshlar axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ularning kvant texnologiyalari, dronlar, robototexnika yo‘nalishlaridagi konstruktorlik ishlanmalarini amaliyotga joriy etish maqsadida “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, mazkur tashabbuslar Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga kuchli turtki berib, milliy taraqqiyotni yangi bosqichga olib chiqadi.

 

Shuningdek, davlat rahbari 1-dekabr kuni kosmik texnologiyalar sohasidagi yangi tashabbuslar, jumladan, “Samarqand–2028” sun’iy yo‘ldoshini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. Ushbu sun’iy yo‘ldoshni Xitoy bilan hamkorlikda fazoga uchirish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика