O‘zbekistonning uch ming yillik davlatchilik tarixiga bag‘ishlangan “Buyuk tarix” nomli 100 qismdan iborat hujjatli serial ishlab chiqariladi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.
Bunda hujjatli serialning umumiy konsepsiyasi, badiiy-g‘oyaviy mazmuni, mavsumlar va qismlarning mazmun-mohiyati belgilab olinib, har yili kamida 15 ta qismni yaratish nazarda tutilgan.
Shuningdek, hujjatli serial “Discovery”, “History”, “National geographic”, “BBC” kabi xalqaro miqyosdagi telekanallarda namoyish etiladi.


