1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekiston tarvuz eksporti bo'yicha rekordni yangiladi

O'zbekiston 2023-yilning may oyi boshidan iyul oyi oxirigacha jami 19,1 mln dollarlik tarvuz eksport qilgan.

O'zbekiston tarvuz eksporti bo'yicha rekordni yangiladi

 

Rasmiy savdo statistik ma’lumotlariga ko‘ra, O'zbekistonda joriy yilning iyul oyi oxirigacha tarvuz mahsulotlarini tashqi bozorlarga jo‘natishning umumiy hajmi 93,5 ming tonnani tashkil etib, o‘tgan yilgi rekord ko‘rsatkichni yangiladi. Mutaxassislar joriy yilning iyul oyi oxiriga kelib O‘zbekistondan tarvuz eksportining umumiy hajmi 90-95 ming tonna oralig‘ida bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgandi.

 

Oʻzbek tarvuzining yangi hosilining birinchi partiyalarini tashqi bozorlarga joʻnatish joriy yil may oyining birinchi oʻn kunligida boshlandi, deb xabar beradi EastFruit. Dastlabki savdo statistikasiga ko‘ra, 2023-yilning may oyi boshidan iyul oyi oxirigacha O‘zbekiston jami 19,1 million dollarlik 93,5 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

 

Taqqoslash uchun, tarvuz eksporti bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatilgan 2022-yil oxirida O‘zbekiston ushbu mahsulotni tashqi bozorga 81,8 ming tonna yetkazib bergan edi. Boshqacha aytganda, joriy mavsum boshlanganidan buyon O‘zbekiston 2022-yilga nisbatan 14 foizga ko‘p tarvuz eksport qildi.

 

Ta'kidlanishicha, 2023-yilning may-iyul oylarida oʻzbek tarvuzining asosiy importchilari 5 ta davlat boʻlib, ularning umumiy ulushi umumiy eksportning 99 foizdan ortigʻini tashkil etadi:

 

  • Qozogʻiston — 37,2 ming tonna (40 foiz); 
  • Rossiya — 31,8 ming tonna (34 foiz);
  • Qirg'iziston — 21,2 ming tonna (23 foiz); 
  • Tojikiston — 1,5 ming tonna (1,6 foiz); 
  • Belarus — 1,3 ming tonna (1,4 foiz).

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика