1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston tashabbuslari Misr gazetasining birinchi sahifasida e'tirof etildi

O‘zbekiston delegatsiyasining Misrdagi dunyoga mashhur “Al-Azhar” markazi rahbariyati bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi Arab dunyosining akademik markazi hisoblangan Misrlda keng aks-sado berdi va islom dunyosining yetakchi ommaviy axborot vositalaridan birida yoritildi.

O‘zbekiston tashabbuslari Misr gazetasining birinchi sahifasida e'tirof etildi

 

O‘zbekiston rahbariyatining maʼrifatni rivojlantirish va Islom ilmlarini qayta tiklashga qaratilgan faoliyati xalqaro maydonda eʼtibordan chetda qolmayapti. O‘zbekiston delegatsiyasining Misrdagi dunyoga mashhur “Al-Azhar” markazi rahbariyati bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi Arab dunyosining akademik markazi hisoblangan Misrlda keng aks-sado berdi va islom dunyosining yetakchi ommaviy axborot vositalaridan birida yoritildi.

 

50 ming nusxada nashr etiladigan nufuzli "Al-Liwaa Al-Islami" ("Islom bayrog‘i") diniy-ijtimoiy gazetasi ushbu mavzuga bag‘ishlab, birinchi sahifada maqola eʼlon qildi.

 

Maqola O‘zbekiston ilmiy va diniy maʼrifat sohasida strategik hamkor sifatida qabul qilinayotganidan yorqin dalolat beradi. Unda mamlakatimizda islom ilmlari va taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar va eʼtibor alohida taʼkidlangan. Shuningdek, Saida Shavkatovna Mirziyoyevaning faoliyati va bu boradagi saʼy-harakatlariga yuqori baho berildi.

 

“Al-Azhar” markazi bilan hamkorlikning yangi davri

 

Misr matbuotidagi maqola Al-Azhar bosh imomi Shayx Ahmad at-Tayyib bilan bo‘lib o‘tgan muhim uchrashuv yakunlari bo‘yicha chop etildi. Ushbu yirik islom markazi rahbariyati O‘zbekiston bilan ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni kengaytirishga to‘liq tayyorligini bildirdi.

 

Asosiy kelishuvlar:

  • Akademik almashinuv. Ikki mamlakat ulamolari, olimlari va mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish dasturlarini ishga tushirish
  • Talabalarni qo‘llab-quvvatlash. Al-Azharda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, qo‘shimcha grantlar yaratish
  • Tadqiqotlar. Markaziy Osiyoning boy merosini o‘rganishga qaratilgan qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari va tashabbuslarini amalga oshirish
  • Taʼlim. Qo‘shma konferensiyalar, mahorat darslari va o‘quv seminarlarini tashkil etish

 

Maqolada qayd etilishicha, Shayx Ahmad at-Tayyib eng buyuk islom ulamolari vatani bo‘lgan O‘zbekiston bilan hamkorlik tarixiy ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Ushbu xalqaro eʼtirof O‘zbekistonning maʼrifat, ochiqlik va ilmiy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi intilishlari strategik jihatdan to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi.

 

O‘zbekiston rahbariyatining saʼy-harakatlari "Al-Liwaa Al-Islami" kabi yirik va nufuzli nashrda chop etilgani musulmon dunyosida ushbu o‘zgarishlar kuchli qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolatdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика