1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 100 mln so‘mga gilam sotib oldimi?

Tarmoqda tarqalgan xabarlarga rasmiy izoh berildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 100 mln so‘mga gilam sotib oldimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan gilam mahsulotlari ishlab chiqarish xususiy korxonasi bilan amalga oshirilgan 100 mln so‘mlik oldi-sotdi bitimi haqida maʼlumot tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Taʼkidlanishicha, tarqatilgan maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aslida ushbu shartnoma uzoq muddatga tuzilgan. Unga ko‘ra, mazkur summaga 1 dona emas, balki kelgusida bir nechta gilam mahsulotlarini xarid qilinishi nazarda tutilgan.

 

“Hozirgi vaqtda belgilangan miqdorda gilamlar sotib olish amalga oshirilmadi. Qo‘lda to‘qilgan noyob (sovg‘abop) gilamlarni sotib olish faqatgina “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJning yuqori martabali xorijiy mehmonlarini qabul qilish vaqtida amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика