1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston texnologik va kosmik rivojlanishning yangi bosqichiga chiqmoqda

2030-yilga borib IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston texnologik va kosmik rivojlanishning yangi bosqichiga chiqmoqda

 


O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni texnologik va innovatsion rivojlanish modeliga o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar dastlabki samaralarini bermoqda. Sanoat tarmoqlarida energiya tejamkor va yuqori texnologik yechimlarning joriy etilishi natijasida mahsulot birligi uchun energiya sarfi 13 foizga qisqardi. Bu esa iqtisodiyotda qo‘shimcha 1 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratilishiga xizmat qildi.

 

Mamlakatda raqamli transformatsiya strategik ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Prezident ta’kidlaganidek, 2030-yilga borib IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkich ilk bor 1 milliard dollarga yetdi. Xalqaro raqamli texnologiyalar markazining tashkil etilishi va investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar soha rivojiga xorijiy sarmoyani faol jalb etmoqda.

 

2026-yildan boshlab Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida data-markazlar va superkompyuterlar ishga tushiriladi, oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi. Ushbu infratuzilma tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi va moliya sohalarida 100 dan ortiq AI loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.

 

Shu bilan birga, O‘zbekiston kosmik tadqiqotlar yo‘nalishida ham muhim qadamlar tashlamoqda. 2028-yilda Samarqandda Xalqaro astronavtika kongressi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ilk sun’iy yo‘ldoshni uchirish va birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga jo‘natish tashabbuslari mamlakatning ilmiy va texnologik salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика