1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston TIV Buyuk Britaniyadagi elchixonaga uyushtirilgan hujumni qoraladi

“Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, — deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston TIV Buyuk Britaniyadagi elchixonaga uyushtirilgan hujumni qoraladi

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon Respublikasi Elchixonalariga uyushtirilgan hujum yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida bayonot e’lon qilindi.

 

Vazirlik 4-avgust kuni Ozarbayjonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasiga g‘arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat’iy qoralagan. 

 

“Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, — deyiladi xabarda.

 

Bayonotda hodisani har tomonlama tekshirish va barcha aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqirilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni qardosh Ozarbayjonni xorijdagi fuqarolarining xavfsizligi va himoyasini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика