O‘zbekiston va Turkiya mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun maksimal saʼy-harakatlarni safarbar qilmoqda, dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning yangi tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan telefon orqali muloqoti yakunlari bo‘yicha.
Shuningdek, Saidov turkiyalik hamkasbini tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani bilan ham tabrikladi.
«Suhbat davomida birodarimni Turkiya tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani munosabati bilan telefon orqali tabriklab, uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan taklif qildim. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan kun tartibini boyitishga alohida eʼtibor qaratdik. Biz O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini yana-da rivojlantirish yo‘lida bor kuchimizni safarbar etishga tayyorligimizni taʼkidladik», — dedi Saidov.
Maʼlumot uchun, Fidan yangi lavozimga tayinlanishidan oldin Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari lavozimida ishlagan.


