O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan sunʼiy yo‘ldosh uchirilishiga munosabat bildirdi. Bu haqda mamlakat TIV vakili Facebook‘dagi sahifasida xabar berdi.
"O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan 31 may kuni tashuvchi kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildiradi. Ushbu holat Koreya yarimorolidagi keskinlikning yana-da kuchayishiga olib keladi", — deyiladi munosabatda.
Shuningdek, TIVning rasmiy bayonotida aytilishicha, O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirg‘in qurollarining barcha turlarini sinovdan o‘tkazishdan bosh tortish tarafdori ekanligi keltirib o‘tilgan. Shunga muvofiq O‘zbekiston tomoni bundan keyin ham umumiy farovonlik va taraqqiyot yo‘lida Koreya yarimorolida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha faol qadamlarni qatʼiy qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.


