1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O’zbekiston, Turkmaniston va Eron xalqaro transport va tranzit yo’lagini tashkil etishi mumkin

Shuningdek, Eron hududida xalqaro avtotransport qatnovlarida milliy tashuvlardan undiriladigan yig’imlar miqdorini kamaytirish rejalashtirilmoqda.

O’zbekiston, Turkmaniston va Eron xalqaro transport va tranzit yo’lagini tashkil etishi mumkin

 

Transport vazirligi hamda Eron yo’l va shaharsozlik vazirligi vakillari o’rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar o’tkazildi.

 

Vazirlik axborot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv doirasida O’zbekiston, Turkmaniston, Eron hukumatlari o’rtasida xalqaro transport yo’lagini tashkil etish to’g’risidagi bitim imzolashni jadallashtirish muhokama qilingan.
 

Shuningdek, Eron hududida xalqaro avtotransport qatnovlarida milliy tashuvlardan undiriladigan yig’imlar miqdorini kamaytirish, eksport va import yuklari uchun “Bandar-Abbos” va “Chabahor” portlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda O’zbekiston-Afg’oniston-Eron xalqaro transport yo’nalishini rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика