Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogida muddatidan avval Jahon chempionati va 2026-yilgi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Saudiya Arabistonida o‘tayotgan musobaqaning “A” guruhida O‘zbekiston Xitoy U-17 jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alaba terma jamoamizga guruh bosqichida yetarli ochko keltirib, asosiy turnirlarga yo‘l ochdi.
Joriy yilning kuzida bo‘lib o‘tadigan U-17 Jahon chempionati Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


