
“Bosh vazir o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy boshchiligidagi Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistondan qaytib keldi. O‘zbekiston tomoni bilan o‘tgan muzokaralar yakunida ishchi guruhlar tuzildi. Unda dolzarb muammolar muhokama qilinadi va rahbariyatga xulosalar taqdim etiladi”, – degan Mujohid.
Shuningdek, O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari 10 kun davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va davlat rahbarlariga taqdim etadi.
16 oktyabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston hukumati va Afg‘oniston vaqtinchalik hukumati delegatsiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqov boshchilik qilgan.
Avvalroq TIVning muzokaralar yakuni bo‘yicha bayonoti eʼlon qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


