1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma bayonnoma imzolandi

Ayni paytda Ozarbayjonda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari davom etmoqda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma bayonnoma imzolandi

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida muhim kelishuvga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi o‘rtasidagi madaniyat sohasida Qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston va Ozarbayjon delegatsiyalari ishtirok etdi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov hamda Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Farid Jafarov raislik qildi.

 

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tkazilib, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga bo‘lgan qat’iy intilishlarini yana bir bor tasdiqladilar. Delegatsiyalar rahbarlari O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida amalga oshirilayotgan madaniy hamkorlikning joriy holati yuzasidan o‘zaro axborot almashdilar.

 

Yig‘ilish davomida madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator masalalar muhokama qilinib, ular bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

 

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi o‘rtasida madaniy hamkorlik yuzasidan qo‘shma bayonnoma imzolandi.

 

Ayni paytda Ozarbayjonda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика