1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari tor doirada uchrashdi

So‘nggi yillarda qo‘shma korxonalar soni 4 barobar ko‘paygan.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari tor doirada uchrashdi

 

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning tor doirada uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Davlat rahbarlari tomonidan ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashilib, ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

So‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib borayotgani, qo‘shma korxonalar soni 4 barobar ko‘paygani ta’kidlandi.

 

Tashrif arafasida o‘tkazilgan biznes forumda umumiy qiymati yarim milliard dollarlik yangi investisiya va savdo kelishuvlari imzolandi.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat hududida neft-gaz, gaz-kimyo, to‘qimachilik, farmasevtika, vinochilik va oziq-ovqat tarmoqlarida sanoat kooperasiyasi istiqbollari muhokama qilindi.

 

Prezidentlar tomonidan hududlararo hamkorlikni mustahkamlash, birgalikdagi ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarni o‘tkazish, sayyohlar almashinuvini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика