1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etiladi

Ilhom Aliyev O‘zbekiston bilan qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha hukumatlararo bitimni tasdiqladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etiladi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston bilan qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha hukumatlararo bitimni tasdiqladi.

 

Tegishli hujjat Ozarbayjon prezidenti saytida eʼlon qilindi.

 

Bitim 2023-yil 24-fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon va O‘zbekiston hududlari qo‘shma forumi yig‘ilishi doirasida imzolangan.

 

Jamg‘armaning ustav kapitalining boshlang‘ich hajmi 500 million dollarni tashkil etadi, jamg‘arma kapitalidagi Ozarbayjonning ulushi 75 foizni, O‘zbekistonniki esa 25 foizni tashkil qiladi.

 

Jamg‘armaning asosiy maqsadi – qo‘shma loyihalarni, jumladan, uchinchi mamlakatlardagi loyihalarni kreditlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, Boku va Toshkent o‘rtasidagi savdo aylanmasi va sanoat kooperatsiyasini mustahkamlashdan iborat.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика